«Prezident saytida fuqarolarga 1 mln. 250 ming so‘mdan tarqatilyapti...»

IIV Kiberxavfsizlik xizmati yangi ogohlantirish bilan chiqdi.
Telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda takroran, lekin boshqa zararli havola orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti ko‘rinishidan foydalanib tarqatilayotgan «Salom alaykum. O‘zbekiston Prezidentidan to‘lov oldingizmi? Hozir oling 1.250.000 so‘m» mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang.
Ushbu xabarlar yolg‘on.
«Ehtiyot bo‘ling firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmang.
E’tiborli bo‘ling, firibgarlar Siz orqali telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar», deyiladi xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter