Prezident sayloviga tayyorgarlik boshlanadigan sana ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 2021-yil 1-martdan prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari boshlanadi. Bu haqda muhokama qo‘yilgan 2021-yilgi Davlat dasturi loyihasida keltirilgan.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq choralar belgilanadi. Mazkur vazifani bajarish muddati etib, 2021-yil 1-mart sanasi belgilangan.
Dasturda saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish hamda aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.
Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter