Prezident Rossiyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.
Bo‘lajak tadbir doirasida Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qiladilar hamda MDH makonida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter