Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident raisligida ipoteka dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi

Prezident raisligida ipoteka dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida «Yangi O‘zbekiston» massivlarida uy-joy qurilishi va 2023-yil uchun ipoteka dasturini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, so‘nggi olti yilda mamlakat aholisi 5,5 million nafarga o‘sgan, hademay 40 millionga yetadi. Foydalanishga topshirilgan yangi uy-joylar esa 2017-yildan buyon 326 mingtani tashkil qilgan.

Bu davrda uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi aholi jon boshiga 18 foizga oshgan.

«Oxirgi uch yilda 210 ming oilaga 33 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi, ehtiyojmand 73 ming oilaga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari uchun 1,3 trillion so‘m subsidiya berildi.

Sohaga bozor tamoyillari joriy qilinib, yuzlab xususiy buyurtmachi kompaniyalar shakllandi. Seysmik xavfsiz va energiya tejamkor yig‘ma temir-betonli ko‘p qavatli uylarni qurish bo‘yicha 11 ta yirik klaster paydo bo‘ldi», – deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring