Prezident qonunni rad etdi
Prezident daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun yangi sanksiyalar ko‘zda tutilgan qonunni rad etdi. Bunga jarimalar miqdorining kamligi sabab bo‘lishi mumkin.
«Daraxtni noqonuniy kesganlik uchun AQShda 100 ming, Fransiyada 150 ming, Saudiyada 8 million AQSh dollarigacha jarima belgilangan. Bizda bu harakat uchun 1000 AQSh dollarigacha jarima ko‘zda tutilgan qonun Prezident tomonidan rad etildi. E’tiroz to‘g‘ri, qonunni qayta ko‘ramiz», deb yozgan parlament quyi palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, Senatning 3 maydagi majlisida ma’qullangan qonun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartishlar kiritilgan edi. Xususan, daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va yosh nihollarni noqonuniy kesish, ildizi bilan sug‘irib olish, shikastlash, nobud qilish yoki ko‘chirib o‘tkazish uchun fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (avval 5 baravaridan 10 baravarigacha edi), mansabdor shaxslar uchun esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (avval 10 baravaridan 15 baravarigacha edi) jarima belgilanishi ko‘zda tutilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter