Prezident qonunni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ–730-son, 23.11.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Ushbu Qonunda sug‘urta tavakkalchiligi, sug‘urta tarifi, franshiza, transchegaraviy sug‘urta va boshqa shu kabi asosiy tushunchalarga ta’riflar berildi.
Qonunga ko‘ra, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta syuveyerlari, assistans)ning huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yildi.
Qonun bilan sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida elektron shakldagi axborot almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari belgilandi.
Unga ko‘ra, endilikda sug‘urta shartnomasi internet orqali elektron shaklda tuzilishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter