Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prezident qizining milliardlarini qaytarish» operatsiyasi boshlandi — Angola

«Prezident qizining milliardlarini qaytarish» operatsiyasi boshlandi — Angola

Izabel dush Santush.

Foto: «Reuters»

Angola sudi mamlakat sobiq prezidentining qizi — 46 yoshli Izabel dush Santushning aktivlari va bank hisob-raqamlarini hibsga oldi, deyiladi BBC xabarida.

Izabel dush Santushning boyligi — $2,3 mlrd.

Izabel dush Santushning, xususan, «Unitel» telekommunikatsiya kompaniyasi va «Fomento Angola» bankidagi aktivlari muzlatilgan. Sud qarori korrupsiyaga qarshi kurashish surishtiruvi doirasida chiqarilgan. Amaldagi prezident Juan Lorensu ma’muriyati Dush Santush noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritgan $1 mlrd.ni qanday qilib bo‘lmasin qaytarish harakatida. Izabelning o‘zi esa barcha ayblovlarni inkor etmoqda.

Ma’lumot uchun: «Forbes» boyligini $2,3 mlrd.ga baholagan Izabel dush Santush Afrika milliarderlari ro‘yxatida 8-o‘rinda turadi, ayollar orasida esa birinchi o‘rinda. Uning otasi Joze Eduardu dush Santush (1942-yilda tug‘ilgan) 38 yil davomida (1979—2017-yillar) Angola prezidenti bo‘lgan.

Joze Eduardu dush Santush. Foto: AiF
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring