Olimlar global isishning dahshatli oqibatlaridan ogohlantirdi
Olimlar farazlariga ko‘ra, global isish yaqin orada yerdagi hayotni chidab bo‘lmas darajaga keltirib qo‘yadi. Bu haqda Phys.org ma’lum qildi.
Mutaxassislarning fikricha, AQShdagi «O‘lim vodiysi»dan Yaqin Sharq va Hindistondan Sahroi Kabirgacha bo‘lgan odamlar allaqachon o‘ta noqulay haroratda yashamoqda.
Iqlim bo‘yicha ekspert Zik Xausfazer, ushbu holat ekstremal hodisalarning tez-tez sodir bo‘lishiga olib kelishini ta’kidlagan. Shunday qilib, Kaliforniyadagi «O‘lim vodiysi»da yozda harorat Selsiy bo‘yicha 54.4 darajaga yetgan. Bu zamonaviy tarzda tartibga solingan Yerdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Maqolada aytilishicha, AQSh Milliy okean va atmosfera ma’muriyati (NOAA) 2021 yil iyul oyi rekord darajadagi issiq yil bo‘lganini ma’lum qilgan.
Haroratning ko‘tarilishi kuchli qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari, bo‘ronlar va suv toshqinlariga olib keladi. Issiq havo ko‘proq qishloq xo‘jaligiga zararli ta’sir ko‘rsatishi va odamlar uchun o‘lim xavfi yanada ortishiga olib keladi.
Haroratning ikki darajaga ko‘tarilishi tufayli dunyo aholisining yarmi har besh yilda bu kabi salbiy hodisalardan aziyat chekadi, deya xulosa qilgan olimlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter