Prezident o‘zi yozgan kitobga izoh berdi: «O‘tgan besh yilda katta tajriba orttirdik»
![Prezident o‘zi yozgan kitobga izoh berdi: «O‘tgan besh yilda katta tajriba orttirdik»](https://static.xabaruz.com/crop/1/1/720_460_95_1121428088.jpg)
Ayni vaqtda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’yezdi bo‘lib o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu qurultoy davomida o‘zining yangi kitobi — «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» haqida gapirdi.
— Shu o‘rinda yana bir bor ta’kidlab aytmoqchiman: biz o‘tgan besh yilda katta tajriba orttirdik. Xalqimiz bizga ishondi va inondi.
Ayni vaqtda el-yurtimiz bizdan yangi reja va dasturlarni amalga oshirishni kutmoqda.
Xalqimizning ana shunday ishonchi va orzu-niyatlari, ezgu umidlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida:
- yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash;
- fuqarolar va millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash;
- xalqimizning ma’naviy dunyosini yanada yuksaltirish;
- O‘zbekistonda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir vatandoshimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya etish, kafolatli daromad manbai, tibbiy xizmatlar va uy-joy, sifatli ta’lim bilan ta’minlash;
- kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand aholini ijtimoiy muhofaza qilish;
- mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga qaratilgan Yangi O‘zbekiston strategiyasini ishlab chiqdik.
Bugun sizlarga taqdim etilgan shu nomli kitobda, ushbu Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari haqida, batafsil fikr yuritilgan, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter