Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident O‘zbekistonning oltin zaxiralari bo‘yicha o‘rnini ma’lum qildi

Prezident O‘zbekistonning oltin zaxiralari bo‘yicha o‘rnini ma’lum qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Ko‘ksaroyda Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Davlat rahbaritadbirda nutq so‘zlab,  o‘z nutqida O‘zbekistonning boy tabiiy resurslarini o‘zlashtirishda katta imkoniyatlar mavjud ekanini ta’kidlab o‘tdi.

— Xabaringiz bor, mamlakatimiz oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda 2-o‘rin, mis bo‘yicha – 7-o‘rin, volfram bo‘yicha – 8-o‘rin, kumush bo‘yicha – 9-o‘rin, uran bo‘yicha – 12-o‘rinni egallaydi.

Foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish sohasiga yirik investitsiyalarni jalb etish maqsadida geologik ma’lumotlarni ochiq e’lon qildik.

10 dan ortiq turdagi strategik foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun soliq stavkalarini pasaytirdik, yer solig‘ini bekor qildik, maxsus texnikalarni bojxona to‘lovlaridan ozod etdik.

Biz xom ashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha aniq loyihalarni tayyorladik, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari yig‘ilish davomida investorlarni amaliy hamkorlik qilishga da’vat etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring