Prezident Olmaliqqa bordi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinati konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.
Kombinatda mamlakatimiz kon sanoatidagi yana bir yirik loyiha – «Yoshlik I» konini o‘zlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari ushbu loyiha doirasidagi yangi quvvat – 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo‘yadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter