Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident ochiq muloqoti uchun murojaatlar ikki mingtadan oshib ketdi

Prezident ochiq muloqoti uchun murojaatlar ikki mingtadan oshib ketdi

Prezidentning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tadigan  «O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun» mavzusidagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik qizg‘in pallaga kirdi.

Prezident Administratsiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralarning yetakchi mutaxassislaridan tuzilgan shtab tarkibida  «Call-markaz», Tahlil, ijro va nazorat guruhi hamda Media markaz faoliyat olib bormoqda.

1295 qisqa raqamli  «Call-markaz»ga shu kunga qadar jami 2055 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 74 foizi o‘z yechimini topgan bo‘lsa, 26 foizi ijro jarayonida, deya ma’lumot berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yo‘llanayotgan murojaatlar tibbiyotning deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olyapti. Misol uchun:

- 437 tasi sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘iniga,
- 123 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga,
- 120 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyatiga daxldor.

Shu kungacha:

- birlamchi tibbiy yordam xizmati bo‘yicha 248 ta;
- tez tibbiy yordam xizmati bo‘yicha 101 ta;
- ixtisoslashgan markazlar faoliyati bo‘yicha 80 ta;
- tibbiyotning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha 467 ta murojaat o‘z vaqtida hal qilindi.

Shuningdek, Toshkent shahridan kelib tushgan 168 ta murojaatdan 146 tasi (87 foizi) o‘z yechimini topgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hissasiga to‘g‘ri kelayotgan 1042 ta murojaatdan 750 tasi(72 foizi)ning ijrosi ta’minlandi.

Yana bir yangilik. Tibbiyot xodimlari endi o‘z murojaatlarini quyidagi elektron manzillar orqali ham yo‘llashlari mumkin:

Telegram: @SSV_Call_centre_bot
E-mail: [email protected]
Facebook: www.facebook.com/Insonqdriuchunssv
Instagram: https://www.instagram.com/insonqadriuchunssv

Tahlil, ijro va nazorat guruhi tomonidan ayni shu tarmoqlar orqali kelib tushayotgan taklif va murojaatlar ham o‘rganilib, mutaxassislar ishtirokida joylarga chiqqan holda ijrosi ta’minlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring