Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Navoiy, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarini tanqid qildi

Prezident Navoiy, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarini tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Navoiy, Buxoro, Toshkent viloyati va Samarqandda sanoatdagi o‘sish menga ma’qul emas», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazmda ip-kalavani qayta ishlash darajasi pastligicha qolayotgani qayd etildi.

Namangan, Samarqand va Navoiyda oziq-ovqat, charm-poyabzal, mebel ishlab chiqarish salohiyati yetarlicha ishga solinmagan.

Umuman, 20 ta tuman va shaharda sanoat ishlab chiqarish hajmi 2021-yilga nisbatan kamaygan.

Farmatsevtikada ishlab chiqarish 6 foizga kamaygan, import 2 milliard dollarga yaqinlashdi.

Charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot eksporti bor-yo‘g‘i 68 million dollarni tashkil etib, bu tarmoq salohiyatiga umuman to‘g‘ri kelmaydi.

Oziq-ovqat sanoatida o‘tgan yilda ishlab chiqarish hajmi atigi 4,5 foizga o‘sgan. Xorazm, Sirdaryo va Qashqadaryoda qayta ishlash quvvatlari pastligicha qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring