Prezident Moskvaga yetib bordi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga bordi.
«Vnukovo» xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter