Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini jiddiy tanqid qildi

Prezident Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini jiddiy tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Yig‘ilishda globallashuv sharoitida yoshlar tarbiyasi va ongiga tahdidlar tobora kuchayib borayotgani qayd etildi.

Misol uchun, o‘tgan yili huquq-tartibot idoralari tomonidan 86 ta noqonuniy «virtual hujralar» aniqlangan. Bular faqat mamlakatimiz hududida tashkil etilganlari.

Oliygohlar rektorlari talabalari darsdan keyin nima bilan shug‘ullanishi bilan qiziqmayotgani, ijodiy kechalar, sport o‘yinlari, madaniy tadbirlar bilan talabalarning bo‘sh vaqtini boyitmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati ham tubdan o‘zgarishi shartligi ta’kidlandi. Markazning birorta internet platformasi yoki ijtimoiy tarmoqlarda loyihasi yo‘qligi, yoshlar qiziqishlarini inobatga olmay, qamrovi va ta’sirchanligi past bo‘lgan turli-tuman anjuman va davra suhbatlari o‘tkazish bilan ovora bo‘lib qolgani tanqid qilindi.

Shu bilan birga, budjet hisobidan yaratiladigan badiiy asarlar, multfilm, serial va kinolar, sahna asarlari xususiy sektor va xorijiy kontentlar bilan raqobat qila olishi zarur.

Mutasaddilarga yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ularga sog‘lom fikr va motivatsiya berishga qaratilgan kontentlarni ko‘paytirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ixtisoslashgan alohida teleko‘rsatuvlar tashkil qilish, xorijdagi yoshlarimizga ko‘mak berish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring