Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maktab qurishda yangicha yondashuvni aytdi

Prezident maktab qurishda yangicha yondashuvni aytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 yanvar kuni o‘tkazilgan taqdimotda maktablar qamrovini oshirishga oid loyihalarni ham ko‘rib chiqdi.

Taqdimotda 330, 660, 990, 1320 va 1650 o‘rinli maktablar loyihasi tayyorlangan. Bunda qo‘shimcha bino, ko‘p funksiyali zal, sanitariya-gigiyena xonalari qurish, zamonaviy laboratoriya, interaktiv doska, qulay o‘rindiqlar bilan jihozlash kabi barcha jihatlarga e’tibor qaratilgan.

Davlat rahbari mutaxassislar bilan har bir maktabning asosi va devori holatini o‘rganib chiqish zarurligini ta’kidladi.

– Buni nima uchun aytayapman? Iloji boricha, hozirgi maktablarning o‘zini kengaytirish kerak. Chunki bolalar ham, o‘qituvchilar ham o‘sha joyga o‘rgangan. Mahallaning o‘rtasida boshqa bo‘sh yer yo‘q. Chekka joydan qursak, borib-kelishga transport kerak, bolalar qatnashga qiynaladi. Shuning uchun maktablarning o‘ziga qo‘shimcha qavat yoki yonidan bino qurish maqsadga muvofiq, – dedi Prezident.

Holatiga qarab, har bir maktabga alohida yondashish, aholi demografiyasini inobatga olib, qayerda necha qavatli bino qurishni hisob-kitob qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring