Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident kuchli shamol oqibatlarini ko‘rish va aholi bilan muloqot qilish uchun Buxoroga jo‘nab ketdi

Prezident kuchli shamol oqibatlarini ko‘rish va aholi bilan muloqot qilish uchun Buxoroga jo‘nab ketdi

27 aprel kuni respublikamiz hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida bugun Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring