Qirg‘iziston prezidenti jiddiy operatsiyani boshidan o‘tkazdi
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari so‘nggi paytlarda Sadir Japarov quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynagini hatto yopiq xonada ham yechmasligini payqab qolishdi.
U koronavirusga qarshi vaksina qabul qilganida va Qirg‘izistonning «Oltin» zargarlik zavodi MChJ rahbari bilan uchrashuv paytida ham ko‘zoynagini yechmagan.
«Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov yaqinda ko‘zini operatsiya qildirgani uchun yopiq xonada quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqishga majbur», — dedi davlat rahbari matbuot xizmati.
Japarovga pastki qovoq entropioni tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, u jarrohlik aralashuvini talab qiladi.
Entropion (ko‘z qovoqlari qayrilishi) — qovoq va kipriklarning chekkasi ko‘z olmasiga qayrilib qoladigan kasallik. Bu ko‘zning doimiy ta’sirlanishi, muguz parda yarasi va eroziyasi, kon’yunktiva tomirlariga sanchilishi, ko‘z yoshlanishiga olib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter