Prezident ikki muhim topshiriq berdi
Prezident yig‘ilishida to‘qimachilikda ikki muhim topshiriq berdi, unga ko‘ra keyingi yilda ichki bozorga qo‘shimcha 5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, eksportni 4,3 milliard dollarga yetkazish topshirildi.
Buning uchun:
- Yevropa, Turkiya, Misr, Marokashga gazlama, trikotaj mato eksportiga transport xarajatlari 2024-yil 1-yanvargacha 70 foiz qoplab beriladi;
- kamida 50 xil turdagi yangi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish dasturi tasdiqlanadi;
- yangi turdagi tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga 100 million dollar, gilamchilik uchun 50 million dollar yo‘naltiriladi;
- to‘qimachilik industrial zonalari infratuzilmasiga 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
- yil yakuniga qadar Turkiya, Eron, Belgiyadan texnologiya va mutaxassislar (dizayner va texnolog) olib kelinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter