Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident huzuridagi agentlikka yangi vazifalar yuklandi

Prezident huzuridagi agentlikka yangi vazifalar yuklandi

Prezident tomonidan 08.11.2023 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-190-son Farmon imzolandi.

Hujjatga muvofiq, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

  • jamoatchilik, yetakchi xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilarni keng jalb qilgan holda aholini tashvishga solayotgan masalalar va muammolarga yechim topish hamda ijtimoiy soha, iqdisodiyot va boshqa ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni transformatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish;
  • ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarda xorij mamlakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ilgari surilayotgan tashabbuslarni (shu jumladan, xorijiy davlatlar rahbarlarining chiqishlari va nutqlarini) o‘rganishni tashkil qilish, mamlakatimizdagi ishlarning joriy holatini tahlil qilgan holda ularni O‘zbekiston sharoitida implementatsiya qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  • xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, konsalting kompaniyalari, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va ekspert muassasalari hamda mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarni implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish yuzasidan respublikaning ilmiy tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish.

Quyidagi davlat va jamoat tashkilotlari Agentlik bilan faol hamkorlikni amalga oshirishadi:

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
  • Adliya vazirligi;
  • Statistika agentligi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategiya va mintaqalararo tadqiqotlar instituti;
  • «Yuksalish» umummilliy harakati;
  • «Taraqqiyot strategiyasi» markazi;
  • «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi;
  • «Vatandoshlar» jamoat fondi».

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.11.2023 yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring