Prezident: Hokim yordamchilari mahallada ishlarni shunday loyihalardan boshlashi kerak

Prezident raisligidagi yig‘ilish davom etmoqda. Navbatdagi masala – tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish. Davlat rahbari bu boradagi vazifalarni belgilab berdi:
- 500 ming gektardan ziyod tomorqalardan samarali foydalanish uchun kelgusi yil 100 million dollar ajratilishi ta’kidlandi;
- tomorqada dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi shartlari asosida imtiyozli kreditlar beriladi;
- tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish maqsadida har bir tumanda kooperatsiyalar tashkil etilib, ularni jihozlashga 30 foizgacha subsidiya beriladi.
- suv ta’minoti og‘ir tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug‘orish xarajatlarini qisman qoplashga kelgusi yilda 50 milliard so‘m ajratiladi.
Aholi daromadini oshirish va bozorlar to‘kin-sochinligini ta’minlash uchun har bir xonadonda kamida 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qo‘y va echki, 5 ta asalari uyalari boqishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
«Hokim yordamchilari mahallada ishlarni shunday loyihalardan boshlashi kerak», dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas