Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Farmoni: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tashkil qilindi

Prezident Farmoni: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tashkil qilindi

Foto: «Newsline»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish (SVVJJDLQK) departamenti qayta tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Bundan buyon SVVJJDLQK departamenti Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti deb ataladi. Manbada qayd etilishicha, mazkur o‘zgarish O‘zbekiston Prezidentining «Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘rida»gi farmonida belgilangan.

Xabarda farmonga oid boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan. Shuningdek, yangilangan departamentning tashkiliy tuzilmasi va kadrlar siyosatida ham o‘zgarishlar bo‘lish-bo‘lmasligi ochiq qoldirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring