Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Yevroittifoqning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissarini qabul qildi

Prezident Yevroittifoqning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Yevropa Ittifoqining yuqori darajali vakili davlatimiz rahbariga Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshtaning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uni izchil kengaytirish uchun katta imkoniyat va salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va EI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimning tez fursatda imzolanishi ham bunga xizmat qiladi.

Transport va logistika, energetika, raqamlashtirish, qishloq va suv xo‘jaligi, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

O‘ta muhim mineral resurslarni qayta ishlash sohasida o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda joriy yil aprel oyi boshida Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo - YeI» birinchi sammiti va Iqlim forumini tashkil etish hamda o‘tkazish jihatlari ko‘rib chiqildi.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring