Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident budjetni sarflashdagi «shishirilgan» xarajatlarni  tanqid qildi

Prezident budjetni sarflashdagi «shishirilgan» xarajatlarni  tanqid qildi

Iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga doir bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Prezident budjet mablag‘larining sarflanishi samaradorligi, shuningdek «shishirilgan» xarajatlar haqida to‘xtaldi.

Jumladan, sog‘liqni saqlashga kompyuter olish uchun ajratilgan 20 milliard so‘m 2 yildan beri ishlatilmasdan turibdi.

Fermer, dehqon va tomorqa yer egalariga 51 turdagi subsidiyalar uchun so‘nggi ikki yilda 5,4 trillion so‘m ajratildi, lekin talablar murakkab bo‘lgani uchun 15 turdagi subsidiya ikki yil davomida hech kimga berilmagan.

«Yana bir masala - qurilishda xarajatlarni 30-40 foizga qisqartirish lozim.

Iqtisod qilish – ish hajmini qisqartirish emas, loyihani to‘g‘ri qilish, «shishirilgan» xarajat va ortiqcha hashamatni kesish hisobidan bo‘lishi kerak», – dedi Prezident.

Bu borada loyiha institutlari faoliyati, yondashuvlari va mas’uliyatini tubdan o‘zgartirish kerakligi qayd etilib, Vazirlar Mahkamasiga yetakchi davlat loyiha tashkilotlarini takomillashtirish bo‘yicha qaror kiritish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring