Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili davlat budjetiga qariyb 200 trln so‘m soliq to‘plangan

O‘tgan yili davlat budjetiga qariyb 200 trln so‘m soliq to‘plangan

2024 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanib, yalpi ichki mahsulot (YaIM) 6,5 foizga o‘sdi.

Bu haqda Soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Natijada 2024 yilda soliq siyosatini hamda soliq ma’murchiligini yaxshilash evaziga davlat budjetiga tasdiqlangan prognoz 196,5 trln so‘m o‘rniga 199,5 trln so‘m tushishiga erishildi. Bu esa 2023 yilga nisbatan 33,5 trln so‘m yoki 20,2 foizga ko‘p soliq tushumlari ta’minlangan.

Hududlar kesimida tushumlarda eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (126,7 foiz), Sirdaryo (124,6 foiz), Toshkent (122,9 foiz), Xorazm (119,5 foiz) va Samarqand (117,7 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring