Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bugun selektor o‘tkazadi

Prezident bugun selektor o‘tkazadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 10-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yilgi davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishini o‘tkazadi. Bu haqda Xabar.uz manbasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va tarmoqlar rahbarlari, hokimlar va sektor boshliqlari zimmasiga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatiladi. Shuningdek, davlat rahbari aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham e’tibor qaratishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2021-yil — «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmon imzolangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring