Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Bosh vazir o‘rinbosarini vazifasidan ozod etdi

Prezident Bosh vazir o‘rinbosarini vazifasidan ozod etdi

Foto: «Xalq so‘zi online»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari Akmalov Qahramon Valiyevich o‘z lavozimidan ozod etildi.

«Xalq so‘zi» o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, bu borada tegishli farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.

Ma’lumot uchun, Qahramon Akmalov bu lavozimda 2017-yilning noyabr oyidan buyon ishlab kelayotgandi. Bungacha u Hisob palatasi raisining o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring