Prezident administratsiyasida yangi tayinlov amalga oshirildi

Azamat Shuhratovich Fozilov O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi ijro apparati bosh maslahatchisi etib tayinlandi.
Bu haqda Gazeta.uz o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Azamat Fozilov (1980-yilda tug‘ilgan) ushbu lavozimga tayinlangunga qadar 2020-yildan buyon Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining (hozirda qayta tashkil etilgan) Kadrlar va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Azamat Fozilov, shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Moliya agentliklari va moliyaviy hisobot departamentlari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazi direktori, Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari (2019−2020) lavozimlarida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter