Prezident abituriyentlarning past natijalarini tanqid ostiga oldi
Davlatimiz rahbari sohada mavjud muammolarni tahlil qildi.
Jumladan, hozirda boshlang‘ich sinflarda 11 ta, yuqori sinflarda 16 ta fan o‘tilayotgani bilan o‘quvchilar aniq bir yo‘nalishda chuqur bilimga ega bo‘lmay maktabni bitirayotgani qayd etildi.
Masalan, 107 ta tumandan talaba bo‘lganlar oliygohga kirish imtihonlarida matematika bo‘yicha maksimal ballning yarmini ham yig‘a olmagan. Fizika, kimyo va biologiya bo‘yicha ham birorta tuman va shaharda maqtagulik natija yo‘q.
O‘tgan yili 220 ming muallimdan 86 ming nafari yoki 37 foizining bilim va ko‘nikmasi «qoniqarsiz» baholangan. Ayniqsa, hozirda talab yuqori bo‘lgan informatika, fizika, ingliz tili, matematika va kimyo fani o‘qituvchilarining bilimi «qoniqarsiz» ekanligi aniqlangan.
Yoki, 51 ming nafar chet tili o‘qituvchilaridan atigi 17 ming nafari (33 foizi) «C-1» darajasiga ega. Vaholanki, 2025 yildan boshlab chet tilidan faqat «S-1» darajasi bor o‘qituvchilar dars o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter