Prezident 5 milliard dollarlik eksport salohiyati mavjud sohani ma’lum qildi

O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati eksporti 7 milliard dollardan, meva-sabzavot eksporti esa 5 milliard dollardan oshiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish, meva-sabzavotchilik klasterlari hamda tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish borasida o‘tkazilgan videoselektor davomida ma’lum qilindi.
— To‘qimachilik sanoati korxonalari eksporti joriy yilda – 3 milliard dollardan, kelgusi besh yilda esa – 7 milliard dollardan oshiriladi.
Meva-sabzavotchilik eksportini esa bugungi kundagi 1,2 milliard dollardan, kamida 5 milliard dollarga ko‘paytirish bo‘yicha barcha imkoniyatlar bor, — dedi Prezident.
Davlat rahbari bu borada, Asaka, Angor, Denov, Jomboy, Samarqand, Oltiariq, Quva, Yuqorichirchiq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida meva-sabzavotchilik klasterlarini misol qilib keltirdi.
— Ushbu tumanlarda ish faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilib, 20-25 million dollardan eksport qilinmoqda, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter