Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident 3 viloyat sport maktablarini tanqid qildi

Prezident 3 viloyat sport maktablarini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sidney va Rio olimpiadalarida shuhrat qozongan Andijon, Buxoro va Farg‘ona boks maktablari bugungi kunga kelib natija ko‘rsatmay qo‘yganini aytgan.

«Sport vazirligini yangidan tashkil etib, vazir va o‘rinbosarlariga aniq vazifalarni qo‘yganman. Endi sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi», degan prezident.

Eng avvalo, yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilish va iqtidorli sportchilarni tayyorlash borasidagi yondashuvlar o‘zgartiriladi.

Aytilishicha, o‘tgan yili 352 ta respublika musobaqasi o‘tkazilgan bo‘lsa-da, birorta hududda tuman bosqichi, 158 tasida esa viloyat bosqichi tashkil etilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring