Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident 2021-yil uchun Davlat budjetini tasdiqladi

Prezident 2021-yil uchun Davlat budjetini tasdiqladi

Foto:«Pravda Vostoka»

2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ–657-son, 25.12.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi. 

Qonun bilan 2021-yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.

Qonun bilan 2021-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va konsolidatsiyalashgan Davlat budjeti prognozlari hamda 2022–2023-yillar uchun budjet mo‘ljallari belgilandi.

2021-yil uchun quyidagi ayrim to‘lovlar stavkalari tasdiqlandi:

- mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;

- tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘imlarning cheklangan stavkalari;

- avtotransport yig‘imlarining stavkalari.

Ushbu Qonun 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring