«Prava» vasvasi: uch hududda firibgarlar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
«P.O‘.» UK o‘rgatuvchi ustasi R.M. fuqarolar M.A. va R.M.ga Farg‘ona viloyatidagi tanishlari yordamida «V.», «S.» va «Ye.» toifadagi haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga 1 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.T. fuqaro K.B.ga go‘yoki «Vatanparvar» tashkilotida ishlovchi tanishlari yordamida imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 1 100 AQSh dollarini olgan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro A.A. fuqaro J.R.ga avtomaktabda o‘qiganligi haqida ma’lumotnoma tayyorlab berib, haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlardan go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali o‘tkazib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter