«Prava operatsiyasi» noxush yakunlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Kogon tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aytilishicha, fuqaro B.I. fuqaro M.M.ni go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 750 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro X.J.ga tanishlari yordamida «S.» toifali haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 4,7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter