Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tanish-bilish» ham ish bermagan «prava» mojarosi

«Tanish-bilish» ham ish bermagan «prava» mojarosi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «I.A.» MChJ Sardoba filiali xodimi R.R. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, unga Jizzax viloyati IIBda ishlovchi tanishlari yordamida V.S. toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Xo‘jayli tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «J.J.» MChJ xodimlari M.P. va B.B. fuqaro I.M.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan qo‘yish evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring