«Prava» bo‘yicha tezkor reydlar o‘tkazilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro A.A. yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida fuqaro E.M.ga o‘qish va imtihonga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 700 AQSh dollari va 1,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.R. fuqaro S.A.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi hamda imtihonlardan o‘tish jarayonida yengillik qilib berish evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro S.A. fuqaro Sh.O.ga tanishlari yordamida «V.S» toifadagi haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter