Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prava» bo‘yicha berilgan va’da qimmatga tushdi

«Prava» bo‘yicha berilgan va’da qimmatga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bandixon tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir  o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar R.D. va T.S. fuqaro A.A.ga go‘yoki viloyat YHHB ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berish berish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro S.E.ga tanishlari yordamida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 100 AQSh dollari va 1,1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring