Poytaxtning Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘ttiz to‘qqinzinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada hozirgacha Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Tapil Mahamadziyayev Bektemir tumani hokimligiga tasdiqlandi.
Tapil Mahamadziyayev 1976-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter