Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtning ayrim hududlari besh kun issiq suvsiz qoladi

Poytaxtning ayrim hududlari besh kun issiq suvsiz qoladi

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari besh kun davomida issiq suvchiz qoladi. 

21-26-avgust kunlari 2-IM qozonxonasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli issiq suv ta’minoti o‘chiriladi.

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida, zulfinlarni almashtirish, 2-IM ning ikkilamchi elektr ta’minoti tizimini tekshirish va sozlash, jihozlarni demontaj qilish va o‘rnatish, shuningdek, qozonxonaga tutash magistral tarmoqlardagi ishlarni amalga oshiradi.

Ko‘pgina ishlarni qozonxonani o‘chirmasdan amalga oshirish imkoni yo‘qligi sababli, belgilangan muddatda Mirzo Ulug‘bek tumanining quyidagi manzillarida issiq suv ta’minoti bo‘lmaydi:

Qorasuv 1, 2, 3, 4, 6, 2-Bo‘z va Feruza dahalarida, Do‘rmon yo‘li, Mingbuloq, T. Malik, So‘fizoda, Mirzo Ulug‘bek va Sho‘rtepa ko‘chalarida.

Issiq suv ta’minoti 26 avgust, kunning birinchi yarmida tiklanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring