Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt prokuraturasi: shaharning 300 dan ortiq mahallarida har uch kunda yarmarka tashkil qilinmoqda

Poytaxt prokuraturasi: shaharning 300 dan ortiq mahallarida har uch kunda yarmarka tashkil qilinmoqda

Foto: Toshkent shahar prokuraturasi matbuot xizmati

Bugungi sinovli sharoitda aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligini saqlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlash ortiqcha. Ta’minot masalasida hozircha jiddiy muammo yo‘q, shukr. Narx-navo masalasi ham qat’iy nazoratda. Biroq vaziyat taqazosiga ko‘ra joriy etilgan cheklovlar kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini joyib borib, sotib olishda ma’lum noqulayliklar tug‘dirishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, Toshkent shahridagi 13 ta dehqon bozori va ularning 45 ta filiali hamda katta va o‘rta hajmdagi savdo do‘konlari («Korzinka», «Makro», «Havas» va boshqalar) atrofida 200 ta mahalla joylashgan. Demak, shuncha mahalla aholisida zarur oziq-ovqat mahsulotlarini joyida xarid qilishda ortiqcha muammo yo‘q. Poytaxtda esa yana 300 dan ortiq mahalla bor...

Foto:Toshkent shahar prokuraturasi matbuot xizmati

Toshkent shahar prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Xurshida Rahmonovaning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, joriy etilgan cheklovlar sabab noqulayliklar tug‘ilishi e’tiboridan poytaxning qolgan 300dan ortiq mahallalarida yarmakalar tashkil etilmoqda. Prokuratura organlari mas’ulligida tashkil etilayotgan yarmarkalar grafik asosida - har uch kunda bo‘lib o‘tmoqda. Aholi qulayligi uchun har bir mahallada yarmarka tashkil etiladigan kun va soatlar grafiklari osib qo‘yilgan.

Kuni kecha mana shunday yarmarkalar poytaxtning Bektemir, Uchtepa va Shayxontoxur tumanidagi mahallalarda tashkil etildi. Unda 14 turdagi - 10 tonna kartoshka, 3 tonna piyoz, 1 tonna yog, 300 kgdan pomidor va bodiring, gurunch, makaron va boshqa mahsulotlar yetkazib berildi.

Foto:Toshkent shahar prokuraturasi matbuot xizmati

Savdo nuqtalarida mahsulotlar narxlarining asossiz oshishining oldini olish masalalari prokuratura va departament organlari tomonidan alohida nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring