Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt hokimligi aholiga murojaat yo‘lladi

Poytaxt hokimligi aholiga murojaat yo‘lladi

Foto: Xabar.uz

Toshkentda 3-iyun Butunjahon velosiped kuni munosabati bilan velomarafon o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 4-iyun kuni soat 8:00 dan 11:00 ga qadar bir necha ko‘chalar yopiladi:

- Abay ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasidan Alisher Navoiy ko‘chasi kesishmasigacha;
- Olmazor ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasidan «O‘zbekiston» metro bekatigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi «O‘zbekiston» metro bekatidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Nukus ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidan Abay ko‘chasi kesishmasigacha.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi, deyiladi poytaxt hokimligi murojaatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring