Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Poygalardan charchadim...» — yetti karra chempion

«Poygalardan charchadim...» — yetti karra chempion

«Formula-1» yetti karra chempioni, britaniyalik Lyuis Hemilton poygalardan charchaganini aytdi.

«Bolaligimda, «Formula-1»dagi ilk yillarimda men uchun poygadan muhimi yo‘q edi. Hozir unday deyolmayman. Yoshing o‘taverarkan oilang, yaqinlaring, do‘stlaring davrasida o‘tkazgan vaqtlaringni qo‘msayverarkansan. Bularning qadriga yetish kerak».

«Ba’zida endi poygada qatnashmasammikan degan o‘y bilan uyg‘onaman. Hayotda boshqa narsalar ham bor, poyga maydonidan tashqarida ham ko‘p narsalarga erishishing mumkin... Keyin o‘zimni qo‘lga olib, qolish zarurligiga o‘zimni ishontiraman», — Hemiltonning so‘zlarini keltirdi Motorsport-Total.

Eslatib o‘tamiz, Hemilton «Formula-1»dagi kelajagini o‘ylayotganini va ketishi mumkinligini ham yaqinda aytgandi. Uning «Mercedes» jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning oxirigacha tuzilgan. Joriy mavsumni 37 yoshli poygachi 6-o‘rinda yakunladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring