Portugaliya janubidagi bir nechta aholi maskani suv ostida qoldi (video)
Kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Portugaliya janubidagi bir nechta aholi maskanini suv bosdi. Tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi kuchli toshqinlarni keltirib chiqardi.
Ayrim uylarning birinchi qavatlari va yerto‘lalari suv ostida qolgan. Qutqaruvchilar suvni tortib olib, tabiiy ofatdan ziyon yetgan uylarda yashovchilarni xavfsiz hududlarga ko‘chirishmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, hududda yomg‘ir va jala yana bir necha kun davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter