O‘zbekistonda Portsmut universiteti vakolatxonasi ochilishi mumkin
Amaliy safar bilan Buyuk Britaniyaga borgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi delegatsiya Portsmut universiteti rahbariyati va bu yerda amaliyot o‘tayotgan O‘zbekiston vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Uchrashuvda Portsmut universiteti vakillari bilan professor va o‘qituvchilar malakasini oshirish, bakalavr va magistratura yo‘nalishlarida ikki tomonlama diplom berish dasturini joriy etish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, Britaniya tomoni 2024-yilda Portsmut universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish bo‘yicha tegishli idoralar bilan muloqot qilish istagini bildirgan.
Tashrif davomida ushbu universitetda «Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish» dasturi bo‘yicha amaliyot o‘tayotgan O‘zbekiston maktablari direktorlari bilan muloqot o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter