Polshadan 258 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi
2022 yil 1 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:15da Ukrainadan evakuatsiya qilingan 258 nafar hamyurtimizni Polshaning Katovitse shahridan olib kelgan navbatdagi maxsus samolyot poytaxtimizga qo‘ndi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari va mutasaddi tashkilotlarining sa’y-harakatlari natijasida Ukrainadan jami 509 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi vatanimizga qaytarildi.
Hozirgi vaqtda «Karchova» nazorat-o‘tish punktidagi to‘planish joyida bo‘lib turgan 650 dan ortiq fuqarolarimiz uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Yurtdoshlarimizni olib kelish uchun yana qator evakuatsion reyslarni tashkillashtirish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari fuqarolarning masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanmoqda va ularning aeroportda bo‘lib turishlarini muvofiqlashtirmoqda. Elchixonada uzluksiz ishlaydigan tezkor shtab tashkil etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter