Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polsha prezidenti O‘zbekiston fuqarolari turgan hududga keldi

Polsha prezidenti O‘zbekiston fuqarolari turgan hududga keldi

Anjey Duda o‘zbekistonliklar bilan.

2022-yil 4-mart kuni chet el, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib turgan Ukraina-Polsha chegarasidagi «Karchova» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi to‘planish nuqtasiga Polsha prezidenti Anjey Duda tashrif buyurdi.

Polsha prezidenti birinchi navbatda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari yoniga kelib, ularning qo‘lini siqib, shunday dedi:

«Siz yurtingiz fuqarolari uchun muhim va ezgu ishni qilyapsiz. Sizning harakatlaringizni ko‘rib boshqa davlatlar diplomatlari va ko‘ngillilar faoliyatingizdan ilhom olishi shubhasiz. Menga O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni birinchi bo‘lib boshlagani haqida aytib berishdi va bu sa’y-harakatlaringizni O‘zbekiston hukumatining o‘z fuqarolariga nisbatan muhim e’tibori va otalarcha g‘amxo‘rligi deb bilaman.

Hech qancha vaqt ilgari biz ham xuddi shunday vaziyatga tushib qolgandik va sizga qo‘shni bo‘lgan davlatni tark etgan fuqarolarimiz hamda Yevropa mamlakatlarining fuqarolaridan xavotirda edik. Biz ularni evakuatsiya qilishdek bu og‘ir operatsiyani faqat O‘zbekistonning faol ko‘magi bilan amalga oshira oldik. Bu bizning yodimizda».

Anjey Duda O‘zbekiston fuqarolari bilan ham samimiy suhbatlashib, ularni qo‘llab-quvvatlashi va zarur yordam ko‘rsatishini aytib o‘tdi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring