Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Politico: Xitoy Ukrainaning so‘rovini rad etdi

Politico: Xitoy Ukrainaning so‘rovini rad etdi

Xitoy Ukrainaning Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida  Vladimir Zelenskiy va Xitoy bosh vaziri Li Syan o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish haqidagi so‘rovini rad etdi, deb yozadi Politico o‘z manbalarga asoslanib.

«Ukraina yetakchilari shu hafta Shveysariyada Xitoy rasmiylari bilan uchrashish istagini bildirdi, biroq prezident Vladimir Zelenskiy o‘ylagan reja amalga oshmadi», — deyiladi matnda.

AQShning yuqori martabali mulozimiga ko‘ra, delegatsiyalar Shveysariyadagi forumda bo‘lgan paytda Pekin vakili Kiyevning uchrashuv o‘tkazish haqidagi iltimosini rad etgan. 

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi rasmiysi siyosiy assotsiatsiya Xitoyni Zelenskiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishga chaqirganini, chunki Bosh vazir Li Syan bilan uchrashuv «ijobiy qadam bo‘lishini» ta’kidladi.

Ukraina vakili Politico nashriga bergan intervyusida bu ma’lumotni rad yetib, «delegatsiya jadvali bo‘yicha Xitoy rasmiylari bilan hech qanday uchrashuv bo‘lmaganini va Kiyev hech qachon bunday uchrashuvni so‘ramaganini» aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainaga hujumiga qaramasdan Xitoy Moskva bilan ijobiy aloqalarni saqlab qolmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring