Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Politsiya tuya o‘rniga tuyaqushni tutdi

Politsiya tuya o‘rniga tuyaqushni tutdi

Foto: «Fotolia»

Niderlandiyada politsiya yo‘qolgan tuya o‘rniga tuyaqushni topdi, deya xabar berdi «UPI».

Mahalliy aholi shahar ko‘chalari bo‘ylab kezib yurgan tuyani ushlashga yordam so‘rab Rotterdam politsiyasiga murojaat qilgan.

Ofitserlar belgilangan joyga yetib borishgan, lekin tuyani topisha olmagan. Uning o‘rniga emuni tutishgan. Bu jonivor ham shaharda kezib yurgandi-da.

«Farqi katta emas», — deya hazillashgan ular Tvitterda. Biroq tuyani qidirish baribir davom ettirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring