Pokistonda dahshatli toshqinlar mingdan ziyod odamning yostig‘ini quritdi
Pokistonda davomli suv toshqinlari qurbonlari soni 1000 nafardan oshib ketdi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti» Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib.
Shuningdek, yana 1527 kishi jarohatlangan. Oxirgi 24 soat ichida 119 kishi halok bo‘ldi, 71 kishi jarohat oldi.
Musson yomg‘irlari olib kelgan tabiiy ofat tufayli mamlakat janubi-g‘arbidagi Balujiston viloyatining katta hududlari suv ostida qolmoqda. Pokiston hukumati mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.
Avval Pokistonda iyun oyining o‘rtalaridan beri suv toshqini tufayli 900 dan ortiq odam halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter