Pokiston masjididagi portlash qurbonlari soni 95 nafarga yetdi
Pokistonning Peshovar shahrida hudkush tomonidan sodir etilgan portlash qurbonlari soni 95 nafarga, jarohatlanganlar soni 221 nafarga yetdi. Bu haqda viloyat rahbari Muhammad A’zamxon bayonot berdi.
Pokistonning Geo telekanali xabar berishicha, jinoyat tashkilotchilarini aniqlash maqsadida komissiya tuzilgan. Avvalroq ushbu xunrezlikda «Pokiston tolibon harakati»ning qo‘li borligi taxmin qilingandi.
Peshovar masjididagi portlash kunduzi, namoz vaqtida sodir etilgandi. Mahalliy OAVga ko‘ra, o‘zini portlatib yuborgan shaxs namoz o‘qiyotganlar orasida bo‘lgan, bu paytda masjidda 500 ga yaqin odam bor edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter